Jahon | 08:17 / 07.08.2024
3583
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston va Eron vizasiz rejim joriy qilmoqda

Ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi tegishli memorandum kuchga kiryapti.

Foto: TASS/Vladimir Gerdo

2024 yil 10 avgustdan Tojikiston va Eron hukumatlari o‘rtasida umumiy xorijiy pasport egalari uchun vizani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi kuchga kiradi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytiladi.

Ikki davlatning umumiy fuqarolik pasportlari egalari bir-birlarining hududiga birinchi kirgan kundan boshlab 90 kun ichida 30 kunlik muddatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.

Birinchi bosqichda vizasiz tizimni joriy etish faqat Dushanbe-Tehron va Tehron-Dushanbe havo yo‘nalishlaridan foydalanadiganlar uchun amalga oshiriladi.

Mavzuga oid