Isroilning G‘azodagi maktablarga aviazarbasi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor.
Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo sektoridagi ikkita maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 15 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo sektoridagi fuqarolik mudofaasi boshqarmasining Telegram-akkauntida aytilgan.
Binolar ko‘chirilgan falastinliklar uchun boshpana vazifasini o‘tagan.
G‘azo shahri sharqidagi Tuffa hududida «Az-Zahro» va «Abdulfattoh Hamud» maktablari o‘qqa tutildi.
Isroil armiyasi binolar Falastinning Hamas harakati tomonidan «xavfsiz boshpana» sifatida foydalanilganini aytdi.
Isroil armiyasi Xon-Yunusdagi uyga zarba berganida 5 kishi halok bo‘ldi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, isroillik harbiylarning G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus shahrida uyni o‘qqa tutishi oqibatida besh nafar falastinlik halok bo‘lgan, yana ikki nafari yaralangan.
Xon-Yunusning sharqidagi Al-Qarara hududida falastinlik Ahmad oilasining uyi o‘qqa tutildi.
Mavzuga oid
17:40
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13
G‘azo sektorida Isroil hujumlarida 16 falastinlik halok bo‘ldi
14:49 / 07.11.2024