Eronda bir kunda 29 kishi qatl etildi - OAV
Bunday miqyosdagi ommaviy qatl Eronda so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan hodisa ekani ta’kidlanmoqda.
Eronda bir kun ichida kamida 29 kishi qatl etildi, deya xabar berdi BBC inson huquqlari tashkilotlariga tayanib.
Qayd qilinishicha, Norvegiyaning Iran Human Righs (IHR) tashkiloti 26 mahkum Karojdagi Go‘zalxazor qamoqxonasida va yana uch nafari Karoj shahri qamoqxonasida osilgani haqida ma’lumot bergan.
Qatl etilganlar orasida qotillik, giyohvandlik va zo‘rlashda ayblangan Afg‘onistonning ikki nafar fuqarosi ham borligi ta’kidlanmoqda.
IHR tashkilotining ta’kidlashicha, bunday miqyosdagi ommaviy qatl Eronda so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan hodisadir. So‘nggi bor bunday ijro 2009 yilga to‘g‘ri keladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Eronda kamida 345 ta o‘lim jazosi ijro etilgan, ulardan 15 tasi ayollarga tegishli.
Inson huquqlari tashkilotlari Eronni 2022 yilgi norozilik namoyishlaridan keyin jamoatchilikda qo‘rquvni uyg‘otish uchun o‘lim jazosidan foydalanganlikda bir necha bor ayblagan. Huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Eron har yili Xitoydan keyin dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq odamni qatl qiladi.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024