«Hizbulloh» Isroil shimoliga raketa zarbalari berilganini e’lon qildi
«Hizbulloh»ning ta’kidlashicha, Isroil shimolidagi harbiy bazaga o‘nlab «Katyusha» raketalari otilgan.
Livanning «Hizbulloh» harakati Isroil shimolidagi harbiy bazaga «Katyusha» raketalari bilan zarba berdi.
Harakatning Telegramdagi bayonotida qayd etilishicha, harbiy bazaga zarba Isroil tomonining Livan janubini o‘qqa tutishiga javoban amalga oshirilgan.
Bayonotda mamlakat shimolidagi Gatun kazarmalarida joylashgan Isroil armiyasining 146-brigadasi «o‘nlab «Katyusha» raketalari bilan nishonga olingani» qayd etilgan.
Boshqa tomondan, hujumga izoh bergan Isroil Livanning janubidan Isroil shimolidagi Kabri tumaniga 30 ta «Katyusha» raketasi uchirilganini, qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024
Isroil Livan bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
13:00 / 19.09.2024