Jahon | 15:07 / 12.08.2024
3339
1 daqiqa o‘qiladi
Livan janubida halok bo‘lgan «Hizbulloh» jangchilari soni 400 dan oshdi
Harakat so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlarida «Hizbulloh»ning uch jangchisi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning Livan janubidagi hujumlarida «Hizbulloh»ning 407 nafar jangchisi halok bo‘ldi.
Harakatning bildirishicha, so‘nggi 24 soat ichida Livan janubidagi Isroil hujumlarida «Hizbulloh»ning uch a’zosi hayotdan ko‘z yumgan.
Harakatning Telegramdagi sahifasida halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirilgan. Ular 36 yoshli Muhammad Hani Haydar, 27 yoshli Ali Semir Hijoziy va 27 yoshli Hasan G‘adbandir.
2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil armiyasi va «Hizbulloh» harakati o‘rtasida chegara chizig‘ida «nazorat ostidagi to‘qnashuvlar» bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
22:04
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
10:50 / 20.09.2024
YeI Livanda elektron qurilmalarning ommaviy portlashini qoraladi
21:36 / 19.09.2024