O‘zbekistonda Ispaniya tibbiyot muassasalari filiallari ochilishi mumkin
Ispaniyaning ko‘ptarmoqli tibbiyot muassasalari O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning HM Hospitales Group va Quiron Hospital Group ko‘ptarmoqli tibbiyot muassasalarining xalqaro aloqalar departamentlari boshliqlari Xorxe Alvares va Monika Figerola bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida mazkur klinikalar va tibbiyot muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xususan tibbiyot xodimlarini qulay shartlar asosida malakasini oshirish, onlayn yoki oflayn kurslarni tashkil qilish, klinikalar mutaxassislari tomonidan mahorat darslarini o‘tkazish, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan tadqiqot loyihalarini olib borish, shuningdek, O‘zbekistonda ushbu kompaniyalar filiallarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, joriy yilning sentabr oyida ispan kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga safarini amalga oshirish va uning doirasida respublikaning tegishli vazirlik va ixtisoslashtirilgan muassasalarida muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:10 / 21.09.2024
Tibbiyot muassasasiga hisobga qo‘yishda davlat xizmatini ko‘rsatish reglamenti tasdiqlandi
08:30 / 21.09.2024
O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida bitim imzolandi
11:50 / 19.09.2024
Ish ko‘p, maosh kam: Yevropa shifoxonalarida “kadrlar inqirozi” yuz bermoqda
20:09 / 14.09.2024