Jahon | 12:24 / 14.08.2024
3331
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova muvaqqat ishlar vakili Rossiya TIVga chaqirildi

Bu Ukraina uchun mo‘ljallangan F-16 samolyotlarining mamlakatda joylashtirilishi haqidagi ma’lumotlar tufayli yuz berdi.

Foto: Andrey Lyubimov / RBK

Moldovaning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Aleksandr Ketraru Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Rossiya tashqi siyosat idorasi xabarida aytiladi

Bayonotga ko‘ra, diplomatga G‘arb tomonidan Ukrainaga topshirilayotgan F-16 samolyotlari Moldovadagi aerodromlarda joylashtirilishi va ular Rossiya hududini bombardimon qilish uchun foydalanilishi haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlar tufayli jiddiy xavotir bildirilgan. 

Idoraning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi Moldovani «betaraflikni saqlashga va Ukraina inqirozi kuchayishiga hissa qo‘shadigan choralar ko‘rmaslikka» chaqiradi. 

Mavzuga oid