O‘zbekiston bosh vaziri Afg‘onistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Tashrif davomida “Tolibon” va O‘zbekistonning savdo palatalarini tashkil etish masalasi muhokama qilinadi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 17 avgust kuni Kobulga tashrif buyurdi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Aripovning Kobulga tashrifidan maqsad – O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasini ochish va “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazishdir.
Bu bilan, O‘zbekiston hukumati rahbari “Tolibon” nazoratidagi Afg‘onistonga tashrif buyurgan eng yuqori lavozimli mansabdorlardan biriga aylandi.
Bosh vazir tashrifidan bir kun oldidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kobulga borib, “Tolibon” vakillari bilan uchrashgan. Unda Kobul va Toshkentda “Tolibon” va O‘zbekistonning savdo palatalarini tashkil etish va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Mavzuga oid
00:53
«Tolibon» Qozonda o‘tkaziladigan BRIKS sammitida ishtirok etish uchun ariza berdi
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
21:37 / 16.09.2024
«Tolibon» Afg‘onistonda poliomiyelitga qarshi emlash jarayonlarini to‘xtatib qo‘ydi
19:07 / 13.09.2024