Prezident Air Producs bilan sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi
Bugungi kunda mamlakatda Air Producs bilan qo‘shma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni Air Producs kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi.
O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda mamlakatda Air Producs bilan qo‘shma loyihalar portfeli 2,5 milliard dollardan oshdi.
Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish, shuningdek, energetika va kimyo tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024