Isroil elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi
Yangi elchi 2020-2024 yillarda Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Zehavit Ben Hillel o‘rniga tayinlandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning yangi tayinlangan elchisi Gideon Lustigni qabul qildi.
"Isroilning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Gideon Lustig janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Ikki tomonlama hamkorlikning qator yo‘nalishlari, ayniqsa, ilg‘or texnologiyalar sohasida fikr almashdik. Biz barchaning farovonlikka erishishi yo‘lida Yaqin Sharqdagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishga chaqiramiz. Janob Elchiga O‘zbekistonda samarali faoliyat olib borishini tilaymiz".
Yangi elchi 2020-2024 yillarda Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Zehavit Ben Hillel o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
14:49
Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi uchta kasalxonaga zarba berdi
12:57
2023 yil oktyabridan beri Isroil G‘azo sektoriga 85 ming tonnadan ortiq portlovchi modda tashladi
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
08:28 / 06.11.2024