O‘zbekiston | 18:35 / 01.09.2024
4311
2 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlandi

Bungacha u O‘zbekistonning BAAdagi elchisi, Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Foto: "Dunyo" AA

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.

Yangi elchi 51 yoshda. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. U yerda yetakchi, bosh mutaxassis, vazir yordamchisi, bosh boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2001 yilda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga birinchi kotib, so‘ngra savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishga yuborilgan.

Xorijiy xizmat safaridan qaytgach, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoshidagi iqtisodiy tuzilmalarda hamda Vazirlar Mahkamasida shu’ba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

2019−2022 yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida elchi bo‘lgan. Shuningdek, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Baxtiyor Ibragimovga qadar 2018-2024 yillarda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, yangi elchi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston poytaxtiga bugun yetib borgan.

Mavzuga oid