O‘zbekiston | 07:12 / 03.09.2024
26649
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Bobomurod Hamdamov 1940 yil Turkmanistonning Chorjo‘y shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti. O‘zbek san’atining klassik hofizi va ustozi, «Do‘stlik» ordeni sohibi.

Bobomurod Hamdamov asosan 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qo‘shiqlarini ijro etgan. O‘rta maktabni tugatgandan keyin ko‘tarma kranchilar tayyorlaydigan qisqa kursni bitirib, qurilishga ishga kirgan. Ammo qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rgani uchun dastlab hindcha qo‘shiqlar aytgan, Komiljon Otaniyozovning Toshvouzdagi ansamblida ishlagan.

Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning «Sulton Jaloliddin», «Kim ekan», «Devona»,  «Galdimu»,  «Qo‘rqdim» kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o‘rin egalladi.

Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qo‘shiqlari va ijodi o‘zbek san’atining «oltin fondi» ga kiritilgan.

Mavzuga oid