Myunxenda Isroil konsulligi oldida otishma sodir bo‘ldi
Myunxen markazida, Isroil bosh konsulligi yaqinida politsiya gumonlanuvchiga qarata o‘t ochdi.
Myunxen markazida 5 sentabr, payshanba kuni ertalab otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Bavariya poytaxti politsiyasi. Qayd etilishicha, politsiya voqea joyiga – shahar markazidagi Milliy sotsializm tarixini hujjatlashtirish markaziga zobitlarni yuborgan.
Isroil bosh konsulligi ushbu markaz yaqinida joylashgan. «Karolinenplats hududida politsiya shubhali shaxsga qarata o‘t ochdi, u yaralandi», deb yozadi Myunxen politsiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida. Voqea sodir bo‘lgan joy o‘rab olingan.
Ayni paytda, haftalik Der Spiegel gazetasining yozishicha, politsiya operatsiyasida vertolyot ham ishtirok etmoqda.
Politsiya X ijtimoiy tarmog‘ida hozirda hodisa bilan bog‘liq boshqa shubhali shaxslar borligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini bildirdi. U potensial guvohlardan voqea joyida olingan fotosuratlar va videolarni maxsus portalga yuklash yoki tergovga yordam berish uchun eng yaqin politsiya bo‘limiga berishni so‘radi. Shu bilan birga, politsiya fuqarolarni voqea joyidan olingan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikka chaqirdi.
Ayni paytda, Bild tabloidi gumonlanuvchining o‘qotar qurol bilan qurollanganini yozdi. Erkak mashinasida Hujjatlashtirish markaziga borib, bino oldida joylashgan politsiya postiga qarata o‘t ochgan, deb yozadi nashr. Politsiya xodimi javoban o‘q uzgan. Politsiya hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Süddeutsche Zeitung gazetasi jurnalisti Ronen Shtaynke X ijtimoiy tarmog‘ida videoni joylashtirdi, unda Myunxendagi Isroil bosh konsulligi oldida bir qator o‘q ovozlari eshitilgan.
Mavzuga oid
12:00
Isroil mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
15:29 / 09.11.2024
Myunxen: "Aeroflot" laynerining 2 yil saqlangani 460 ming yevroga tushdi
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024