Iqtisodiyot | 13:05 / 05.09.2024
1335
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Xitoyning Boi Yi da kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Investorlar Namanganda misni qayta ishlash zavodi qurish bo‘yicha loyiha taklifi bilan kelgan.
Xitoy kompaniyasi rahbari ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishini, birinchi bosqichda loyiha qiymati 40 mln dollar atrofida bo‘lishini, ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘liq eksport qilinishini bildirdi.
Uchrashuvda Namangan hokimi bu borada viloyatdagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratib berilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:23
Xitoyda ilk bor pandalarning «qayta dasturlashtirilgan» ildiz hujayralari olindi
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:34 / 16.09.2024