O‘zbekiston va Isroil ayrim sohalarda qo‘shma korxonalar tashkil etishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston elchixonasi, O‘zbekiston-Isroil Savdo va investitsiya uyi vakillari Isroil Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Isroil ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotganini hisobga olgan holda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish istiqbollari, xorijiy investitsiyalarni yurtimizga jalb etish imkoniyatlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, texnologiya va innovatsiyalar kabi sohalarda qo‘shma korxonalar tashkil etish xususida fikr almashdilar.
O‘zbekiston tomoni texnologiyalar va agrobiznes sohasida faol hamkorlik aloqalarini olib borish muhimligini ta’kidladi.
Isroil Savdo-sanoat palatasi vakillari O‘zbekiston tomonining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar va ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yanada chuqurroq o‘rganish uchun biznes missiyalarni tashkil etishni taklif qildilar.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini kengaytirishga isroillik investorlarni jalb qilish qaratilgan qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
20:02 / 20.09.2024
Isroil Bayrutga zarba berdi, «Hizbulloh» yetakchilaridan biri o‘ldirildi
21:36 / 19.09.2024
The New York Times: Isroil «zamonaviy Troya oti»ni yaratdi
20:46 / 19.09.2024
Isroil Livan bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
12:20 / 19.09.2024