9 sentabr kuni uchun ob-havo prognozi berildi
“O‘zgidromet” 9 sentabr, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14, kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9- sekundiga 14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+ 13, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+15, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.