AEXA boshqaruv kengashiga O‘zbekiston bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi va Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov joriy yilning 9-13 sentabr kunlari Venada bo‘lib o‘tayotgan Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) boshqaruv kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Kun tartibidan tashkilot bosh direktorning yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti, agentlikning yadro fani va texnologiyalar bilan bog‘liq faoliyatini yanada samarali qilish kabi muhim masalalar muhokamasi o‘rin oldi.
O‘zbekistonning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov o‘z ma’ruzasida, so‘nggi yillarda AEXA bilan yaqin hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalar, jumladan, yadro xavfsizligini oshirish, tinch yadroviy texnologiyalarni rivojlantirish va inson resurslarini mustahkamlash bo‘yicha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Tashkilotning milliy infratuzilmani modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlashda O‘zbekistonda atom sanoatini yanada rivojlantirish sohasiga ko‘rsatayotgan ko‘magiga alohida e’tibor qaratildi.
Boshqaruv kengashi yillik bosh konferensiya bilan bir qatorda AEXA ikki boshqaruv organidan biri hisoblanadi. Kengash o‘z majlislarida, jumladan, bosh direktorning agentlik faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlarini ko‘rib chiqadi va ularni bosh konferensiyaga tasdiqlash uchun tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
08:30 / 21.09.2024
O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida bitim imzolandi
22:33 / 20.09.2024
AEXA Rossiyani Zaporijjya AES hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi
13:12 / 05.09.2024
AEXA delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
22:24 / 27.08.2024