Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
Paxtachi tumanidagi maktablardan birining direktori va uning o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Bunga direktorning maktabda qarta o‘ynagani hamda o‘rinbosarining o‘quvchi qizlarni kaltaklagani sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga oid videolavha tarqaldi. Unda direktor maktabda qarta o‘ynab o‘tirgani va direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizlarni kaltaklayotgani aks etgan.
Ushbu holat Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqilgan. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabatida ma’lum qilindi.
Rasmiy munosabatda keltirilishicha, videolavhadagi holatlar haqiqatan Paxtachi tumanidagi 8-umumta’lim maktabiga tegishli ekani tasdig‘ini topgan. Maktab direktori va maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi
22:29 / 12.09.2024