AQShda Meksika narkokarteli boshlig‘ining o‘g‘li sud qilindi
Bir qator jinoyatlarda ayblanayotgan ushbu shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin, bunda jazoni o‘tashning eng kam muddati 40 yilni tashkil etadi.
AQShda Meksika narkokarteli boshlig‘i Nemesioa Osegeraning zo‘ravonlik, qotillik, mamlakatdagi eng yirik va xavfli giyohvand moddalar savdosini boshqarishga yordam berishda aloqador o‘g‘li sud qilindi, deb xabar beradi Associated Press.
«El Menchito» laqabi bilan tanilgan Ruben Osegera 2020 yilning fevralida AQShga ekstraditsiya qilingunga qadar CJNG kartelida ikkinchi raqamli inson bo‘lgan.
Vashingtondagi Federal sud hay’ati Osegerani ikkita — kokainni AQShga import qilishda til biriktirish va o‘qotar quroldan foydalanish kabi bandlarda aybdor deb topishdan oldin ikki kun maslahat qilgan.
«Meksika huquq-tartibot organlaridagi sheriklarimizga kartel yetakchilaridan birining javobgarlikka tortilishida ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz», — deydi bosh prokuror Merrik Garland.
Kaliforniyada tug‘ilgan va AQSh hamda Meksika fuqaroligiga ega kichik Osegeraga nisbatan hukm 10 yanvar kuni AQSh okrug sudi sudyasi Beril Xauell tomonidan chiqariladi. U umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin va bunda jazoni o‘tashning eng kam muddati 40 yilni tashkil etadi.
Shuningdek, AQSh hukumati Osegeraning otasini qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumotni taqdim etgan insonga 10 million dollar mukofot puli e’lon qilgan. Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, Osegera kamida 100 kishini o‘ldirishga buyruq bergan va sodir etgan jinoyatlari bilan maqtanib yurgan.
Mavzuga oid
21:03 / 29.10.2024
Aspirant tasodifan Meksika junglilarida yo‘qolgan shaharni topdi
14:10 / 21.10.2024
Meksika HDK sakkiz tonnadan ortiq narkotikni musodara qildi
20:19 / 07.10.2024
Meksikada lavozimiga tayinlanganiga 6 kun bo‘lgan mer o‘ldirib ketildi
00:24 / 02.10.2024