Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
Shuningdek, oyatulloh Ali Xominaiy mamlakat sud tizimi rahbarining taklifiga binoan o‘lim jazosi tayinlangan 59 kishining hukmini qamoq jazosiga o‘zgartirdi.
Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy mamlakat sud tizimi rahbarining taklifiga binoan 2887 nafar mahkumni afv etish va jazolarini yengillashtirishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi IRNA.
Sud tizimi rahbarining o‘rinbosari Sodiq Rahimiyning ma’lum qilishicha, afv etilgan va jazosi yengillashtirilgan mahkumlarning 2745 nafari davlat va inqilobiy sudlar, 11 nafari — Qurolli kuchlar sud tizimi va 131 nafari — Eron direksion jazo tashkiloti tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan.
Shuningdek, o‘lim jazosi tayinlangan 59 kishining hukmi qamoq jazosiga o‘zgartirildi.
Afv etilganlar orasida 140 nafar ayol, 40 nafar chet el fuqarosi, 39 nafar xavfsizlik bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan va olti nafar 18 yoshdan kichik mahkum bor.
Eron konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat oliy rahnamosi sud hukumati rahbarining taklifiga ko‘ra mahkumlarni afv etish yoki jazosini yengillashtirish vakolatiga ega.
Davlatga oid barcha masalalarda so‘ngso‘zni aytish vakolatiga ega Xominaiy odatda mahbuslarga ma’lum bir bayram kunlari afv e’lon qiladi. Bu safargi afv etish qarori 21 sentabr — «Mavlidun-Nabiy» kuni munosabati bilan chiqarilgan.
Mavzuga oid
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024
Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
08:50 / 05.11.2024
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
21:37 / 31.10.2024