«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi
U orqali mahallalar kesimida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va ularning sarflanishini kuzatish mumkin.
«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushirildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, bo‘lim orqali har bir mahalla kesimida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan mol-mulk va yer solig‘ining 10 foizi hisobidan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar va amalga oshirilgan xarajatlarni kuzatib borish mumkin.
Har bir mahalla kesimida jamg‘armaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, amalga oshirilgan xarajatlar miqdori va yo‘nalishlari, jamg‘armadagi mavjud qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.
Vazirlik jamg‘armalar har bir mahalla uchun alohida tarzda ochilgani, ularning mablag‘lari fuqarolarning takliflari va «mahalla yettiligi»ning qarori asosida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etish uchun sarflanishini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
22:26 / 27.08.2024
Kir Starmer Britaniyani og‘ir iqtisodiy kelajak kutayotganidan ogohlantirdi
07:07 / 23.08.2024
“Tashabbusli budjet”da g‘olib loyihalarni moliyalashtirishga 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
22:01 / 22.08.2024
Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston sportga qancha mablag‘ sarflamoqda?
13:18 / 13.08.2024