O‘zbekiston | 13:50
583
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasida yangi bitim imzolandi

O‘zbekiston va Albaniya tashqi ishlar vazirlari Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Igli Hasani bilan uchrashdi.

"Albaniya Yevropa va tashqi ishlar vaziri Igli Hasani janoblari bilan birgalikda diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitimni imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Biz O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish va amaliy qadamlar qo‘yishga tayyormiz. Uchrashuvimiz chog‘ida o‘zaro munosabatlarimizni, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda rivojlantirishga qaratilgan muhim takliflar bilan keng fikr almashdik".

O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993 yil 23 noyabrda o‘rnatilgan.

Mavzuga oid