O‘zbekiston | 12:30
483
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Malta siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Malta o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993 yil 25 fevralda o‘rnatilgan.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Malta bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari va savdo vaziri, YeXHTning amaldagi raisi Ian Borch bilan uchrashdi. 

"Malta bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari va savdo vaziri, YeXHTning amaldagi raisi Ian Borch janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Malta Tashqi va Yevropa ishlari va savdo vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ko‘plab foydalanilmagan imkoniyatlarni o‘rganish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladigan siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumini imzoladik".

O‘zbekiston va Malta o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993 yil 25 fevralda o‘rnatilgan.

Mavzuga oid