O‘zbekiston | 10:50
596
1 daqiqa o‘qiladi

Seyshel orollari O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 151-davlat bo‘ldi

Hind okeanidagi orol-mamlakat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 151-davlatga aylandi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond bilan uchrashdi.

«O‘zbekistonning hamkorlari yana bittaga ko‘paydi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdik. Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond janoblari bilan uchrashuvimiz chog‘ida biz tegishli Qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik».

Hind okeanidagi orol-mamlakat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 151-davlatga aylandi.

Mavzuga oid