Jizzaxda Surxondaryo viloyatiga tegishli mashinalar ishtirokidagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida yashovchi haydovchi boshqaruvidagi Cobalt boshqa bir surxondaryolik haydovchi boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasiga urilgan.
Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘lgan. Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 2 oktyabr kuni ro‘y bergan.
M-39 avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan qismida Cobalt mashinasi o‘zidan oldinda ketayotgan yuk mashinasining ortidan borib urilgan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi 23 yoshli yigit og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinada bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga Cobalt haydovchisining uxlab qolgani sabab bo‘lgan. Yuk mashinasi ham Surxondaryo viloyatiga tegishli bo‘lgan va uning boshqaruvida 30 yoshli yigit bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Cobalt haydovchisi yashaydigan Termizdagi mahallada viloyat IIB YHXB mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilishda ishtirok etganlarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik ayanchli oqibatlarga olib kelishi uqtirilgan.
Mavzuga oid
10:35 / 03.10.2024
9 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda - Toshkent shahar IIBB
22:24 / 02.10.2024
Qorako‘lda mashina urib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
15:49 / 02.10.2024
Samarqandda tormozi ishlamay qolgan “Kamaz” 7 ta mashinani pachoqladi
16:24 / 30.09.2024