O‘zbekiston | 13:30
3121
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Markaziy bank

Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Markaziy bankning Valutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Abror Mirzo Olimov zimmasiga xalqaro hamkorlik, valutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatildi. Shuningdek, u Respublika Valuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.

Abror Mirzo Olimov 1988 yilda tug‘ilgan. 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020 yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan. U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.

Bundan avvalroq, 2019 yildan Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bobir Abubakirov 2024 yil 25 sentabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangandi.

Mavzuga oid