O‘zbekiston | 16:53
27954
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 14-16 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, Ustyurtda -2...+3, kunduzi 14-15 oktyabrda +10...+15, 16 oktyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 oktyabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktyabrda +5...+10, 15-16 oktyabrda +3...+8, kunduzi 14-15 oktyabrda +13...+18; 16 oktyabrda +15...+20; Navoiy viloyatining shimolida kechasi +0...+5, kunduzi 14-15 oktyabrda +10...+15, 16 oktyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +15...+20; 15 oktyabrda kechasi +6...+11, kunduzi +13...+18; 16 oktyabrda kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +18...+23; 15 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +18...+23, 16 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +18...+15; 15 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +18...+23, 16 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi +10...+15, kunduzi +15...+20; 15 oktyabrda kechasi +8...+13, kunduzi +18...+23, 16 oktyabrda kechasi +5...+10, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14-15 oktyabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktyabrda kechasi va kunduzi +5...+10, 15 oktyabrda kechasi va kunduzi +2...+7, 16 oktyabrda kechasi va kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid