Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Keniyalik sportchi Rut Chepngetich Chikago marafonida g‘alaba qozonib, 2 soat 9 daqiqa 57 soniya natija bilan ayollar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Erkaklar o‘rtasida rekordchi uning vafot etgan hamyurti Kelvin Kiptum bo‘lib qolmoqda.
Keniyalik 30 yoshli sportchi Rut Chepngetich 13 oktyabr, yakshanba kuni Chikago marafonida g‘alaba qozonib, ayollar o‘rtasida 2 soat 9 daqiqa 57 soniya natija qayd etib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
U 2023 yil sentabr oyida Berlin marafonida efiopiyalik yuguruvchi Tigist Assefa tomonidan o‘rnatilgan avvalgi rekordni bir daqiqa-yu 56 soniyaga yangilagan.
Erkaklar o‘rtasida rekordchi uning vafot etgan hamyurti Kelvin Kiptum bo‘lib qolmoqda.
Chepngetich marafonda 2019 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, 2021 yil aprel oyida Istanbulda yarim marafon masofasida jahon rekordini o‘rnatgan edi – 1 soat 4 daqiqa 2 soniya.
Mavzuga oid
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
19:01 / 06.09.2024
Keniyada boshlang‘ich maktab yotoqxonasida yuz bergan yong‘inda 17 nafar bola halok bo‘ldi
20:43 / 05.09.2024