Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
Sakkiz oyda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 60-moddasi bilan 394 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi bilan 394 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasiga muvofiq yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish — fuqarolarga BHMning yigirma besh baravari (9 million 375 ming so‘m), mansabdor shaxslarga — ellik baravari (18 million 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish — fuqarolarga BHMning bir yuz ellik baravari (56 million 250 ming so‘m), mansabdor shaxslarga — uch yuz baravari (112 million 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan, ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 229-1-moddasiga asosan, javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu modda bilan 638 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
14:20 / 24.10.2024
Xohish bo‘lsa bas: tashlandiq yerlarni bo‘stonga aylantirganlar
16:21 / 26.09.2024
Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
08:31 / 28.08.2024