O‘zbekiston | 15:00
1654
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda gibrid avtomobillar importi oshdi

Benzin va elektrda (gibrid) harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi joriy yilda 11 ming 425 dona import qilingan.

Joriy yilning 9 oyi davomida benzinda harakatlanadigan avtomobillar importi 28 foizga kamaygan

Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, yengil avtomobillar 2023 yilda 55 ming 550 dona, import qilingan bo‘lsa, joriy yilda 54 ming 287 dona mamlakatga olib kirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 1263 taga kam.

Benzinda harakatlanuvchi yengil avtomobillar joriy yilda 26 ming 246 dona import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga solishtirganda 10 ming 252 taga kam.

Benzin va elektrda (gibrid) harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi joriy yilda 11 ming 425 dona import qilingan bo‘lsa, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 49 foizga (3 ming 775 ta) ortgan.

Elektrda harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi ham ortgan. Joriy yilda 16 ming 209 dona elektromobil import qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 48 foizga (5 ming 292 ta) ko‘p.

Mavzuga oid