O‘zbekiston | 10:10 / 25.10.2024
1346
1 daqiqa o‘qiladi
Ikki hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi va Ko‘kdala tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.
Unda ushbu hududlardagi L.K. NMTTda hamda U.B. fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 177,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
13:30 / 25.10.2024
Suv resurslarini samarali boshqarish tizimi joriy etiladi
09:10 / 23.10.2024
Energetika resurslari iste’molchilari energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
13:40 / 18.10.2024