Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
24 oktyabr kuni Qarshi xalqaro universitetida partiya yetakchisi Robaxon Maxmudova Qashqadaryo viloyatidan kelgan pedagoglar, ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzi va qadr-qimmati masalalari muhokama qilindi. Robaxon Maxmudova jamiyatda o‘qituvchining obro‘si oshsa, butun millatning obro‘si oshishini ta’kidladi. Shu sababli partiya o‘qituvchilarning mehnatini qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilamoqda.
Shuningdek, ta’lim jarayonida ota-onalarning faol ishtiroki hamda oila, maktab va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. "Maktab va ota-onalar o‘rtasidagi kuchli aloqa ta’lim muvaffaqiyatining kaliti hisoblanadi", - deya ta’kidladi partiya yetakchisi.
Uchrashuvda ta’lim sohasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, o‘qituvchilarning ijtimoiy mavqeini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Mavzuga oid
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
15:00 / 17.10.2024
Robaxon Mahmudova Farg‘onada nuroniylar bilan uchrashdi
11:00 / 17.10.2024
Minbarlarsiz targ‘ibot uchrashuvi
19:30 / 16.10.2024