Ukraina ham, Rossiya ham urushga xorijliklarni yubormoqda - fotosuratlar
Ukraina qurolli kuchlari safidagi xorijlik harbiylar Xarkiv oblastini himoya qilmoqda
Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan Volodimir Zelenskiy butun dunyodagi ko‘ngillilarni Rossiya agressiyasiga qarshi kurashishda yordamga chorlagandi. 2022 yil martida Ukraina qurolli kuchlari Xorijiy legioniga 20 ming atrofidagi xorijlik yozildi. 2024 yil oktyabrida Ukrainada xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Ukraina qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Davlat maxsus transport xizmati kabi tuzilmalar bilan shartnoma tuzish hamda ofitserlik lavozimlarini egallashga imkon beruvchi qonun qabul qilindi. Quyida Ukraina qurolli kuchlarining 23-alohida o‘qchi batalyonidagi xorijlik harbiylar Xarkiv oblastida xizmat o‘tayotgani aks etgan fotosuratlar.
Xerson oblastidagi kubaliklar
Rossiyaning TASS davlat agentligi Ukrainaning Xerson oblastida jang qilayotgan Havo-desant qo‘shini 52-brigadasi artilleriyachilari fotosuratlarini e’lon qildi. Kadrga tushgan harbiylar orasida — kubalik Piyer-Antuan Subisarreta ham bor, TASS ma’lumotiga ko‘ra, u Rossiya fuqaroligini olgan va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga yo‘l olgan. 2023 yil sentabrida Kuba rasmiylari ishtirokchilari Kuba fuqarolarini Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda ishtirok etish uchun yollab kelgan odam savdosi bo‘yicha tarmoqni fosh qilgandi. Qayd etilishicha, urushga yollash ishlari Kubaning o‘zida hamda Rossiyada yashovchi kubaliklar orasida olib borilgan.
Donetsk oblastini himoya qilayotgan ukrain jangchilari portretlari
Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida yurishni davom ettirmoqda. Ukraina qurolli kuchlari jangchilari — erkaklar va ayollar, muntazam armiya harbiylari va ko‘ngillilar, faxriylar hamda anchadan buyon harbiy harakatlarda ishtirok etayotganlar frontning shu va boshqa uchastkalarida mudofaani ushlab turibdi. Quyida ularning Turkiyaning «Anadolu» agentligi reportyor tomonidan olingan ayrim portretlari.
Mavzuga oid
19:38
Ukrainani qo‘llash yoki sotqinlik - AQShdagi saylovlardan nima kutish mumkin?
18:09
KXDR Rossiyani «muqaddas urushda» qo‘llab-quvvatlaydi – KXDR tashqi ishlar vaziri
14:10
Ukraina Xitoy va Braziliya tashabbuslarini ko‘rib chiqishi mumkin
09:30