Modi BRICS sammitida Rossiya va O‘zbekiston prezidentlariga rasm sovg‘a qildi
Shuningdek, Eron prezidentini ham e’tibordan chetda qoldirmadi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Qozonda o‘tgan BRICS sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «sohrai» texnikasidan foydalangan holda chizilgan rasm sovg‘a qildi, deb yozdi The Times of India.
Qayd qilinishicha, rasm oq sopolga mo‘yqalam, tayoqcha, barmoq bilan chizilgan va murakkab naqshlardan iborat. Unda hayvonlar, qushlar va tabiat tasvirlanib, mahalliy qabila madaniyati doirasida agrar hayot tarzini va tabiatga chuqur ehtiromni ifodalaydi.
Shuningdek, Modi boshqa davlatlar rahbarlarini ham e’tibordan qoldirmadi. Xususan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga an’anaviy «Varli» rasmini, Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonga esa dengiz chig‘anoqlaridan yasalgan vaza sovg‘a qildi.
Nashrning ta’kidlashicha, «Varli» san’ati Maxarashtraning Varli qabilasidan kelib chiqqan bo‘lib, 5 ming yillik tarixga ega. Asosiy geometrik shakllar yordamida chizilgan rasmlarda tabiat manzaralari, bayramlar va ijtimoiy tadbirlar orqali qabila hayoti tasvirlanadi.
BRICS sammiti 22-24 oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda 35 davlatdan delegatsiyalar qatnashdi, ulardan 23 tasiga yuqori mansabdor shaxslar, qolganlariga bosh vazirlar boshchilik qildi.
Mavzuga oid
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi kimyoviy zavod faoliyati bilan tanishdi
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
00:00 / 29.10.2024