Iqtisodiyot | 10:50 / 31.10.2024
1887
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan 9 oyda quyidagi davlatlar bilan savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan (AQSh dollarida):

— Xitoy – 9 mlrd

— Rossiya – 8,7 mlrd

— Qozog‘iston – 3 mlrd

— Turkiya – 2,2 mlrd

— Koreya – 1,5 mlrd

— Turkmaniston – 868 mln

— Fransiya – 859 mln

— Germaniya – 857 mln

— Afg‘oniston – 762 mln

— AQSh – 672 mln

Mavzuga oid