O‘zbekiston | 08:10
3151
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda bordyurga urilgan Nexia-3 yonib ketdi
Yunusobod tumanida Nexia-3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga kelgan.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 31 oktyabr kuni Nexia-3 mashinasi yonib ketdi,
Holat soat 21:50 larda Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi A.A. (2004 y.t.) rul boshqaruvini yo‘qotib, beton bordyurga urilgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi 7−8 daqiqa ichida yetib kelgan. Ijtimoiy tarmoqdagi videolarda esa yong‘inni o‘chirishga beton aralashtirgich haydovchisi ham yordam berayotganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in FVV xodimlari tomonidan o‘chirilgan, YTHda hech kim jarohatlanmagan.