O‘zbekiston | 12:02
1988
1 daqiqa o‘qiladi

Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

​​​​​​​Bunga yo‘lovchilardan biri – 57 yoshli Italiya fuqarosining qon bosimi ko‘tarilgani sabab bo‘lgan. U Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.

Foto: Lufthansa

“Lufthansa” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Lufthansa” aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi soat 8:13 da Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani, qon bosimining beqarorligi sabab bo‘lgan. 57 yoshli Italiya fuqarosi bort qo‘nganidan so‘ng darhol poytaxt tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.

Soat 10:04 da LH-726 reysi Toshkent aeroportidan Shanxayga parvozini davom ettirgan.  

Mavzuga oid