Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketdi
To‘qnashuvdan so‘ng mashina va avtobusdagi yo‘lovchilar chiqarib olingan. Ko‘p o‘tmay esa har ikki transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. Bir fuqaro yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Cobalt va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 4 noyabr kuni soat taxminan 7:00 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida haydovchi D.B. boshqaruvidagi Cobalt mashinasi yo‘lning mumkin bo‘lgan qismidan qayrilib olayotgan, haydovchi O.D. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashgan.
Hodisadan so‘ng transport vositalarida bo‘lgan fuqarolar chiqarib olingan. Birozdan so‘ng avtoulovlarda qisqa tutashuv yuz berib, yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent viloyati FVBning bildirishicha, soat 7;14 da FVBning Tezkor boshqaruv markaziga “Toshkent-Ohangaron” yo‘lining Ohangaron tumani Yangihayot mahallasi hududidan o‘tgan qismida Cobalt mashinasi hamda Isuzu avtobusida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga soat 7:30 da 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borib, soat 7:37 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa oqibatida bir fuqaro yengil tan jarohati olgan. Vafot etganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:36 / 03.11.2024
Namanganda maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib YTH sodir etdi
09:53 / 03.11.2024
Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi
18:30 / 01.11.2024
Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch yigit halok bo‘ldi
11:44 / 31.10.2024