Jamiyat | 08:10 / 05.11.2024
5519
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi

Bobur ko‘chasida fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Qutqaruvchilar jabrlanuvchini chuqurdan chiqarib oldi.

Foto: FVV

Toshkent shahrida fuqaro kabel o‘tkazish maqsadida qazilgan 2,5 metrli chuqurlikka tushib ketdi, deya xabar qildi FVV.

Hodisa 3 noyabr kuni soat 19:14 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Vazirlik fuqaro chuqurga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganini bildirgan.

Qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.

Avvalroq Bobur ko‘chasida 16 oktyabrdan 15 noyabrga qadar 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib borilishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid