Jahon | 08:50
7279
3 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda

Eron nafaqat raketalar va UUA, balki muntazam armiyadan ham foydalangan holda Isroilga yangi, «ancha tajovuzkor» hujum uyushtirmoqchi, deb yozadi WSJ manbalarga tayanib.

Foto: AP / IRNA/ Mostafa Qotbi

Eron Isroilga qarshi «kuchli va murakkab» hujumni rejalashtirmoqda, bu hujumda nafaqat raketa va dronlardan, balki muntazam armiya askarlaridan ham foydalaniladi. Bu haqda 3 noyabr, dushanba kuni Eron va arab davlatlari rasmiylariga tayanib, The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Nashrning eronlik suhbatdoshiga ko‘ra, Isroilga yangi hujum AQShda 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan so‘ng, biroq 2025 yil yanvarida yangi prezident inauguratsiyasi oldidan amalga oshiriladi. Rasmiyning ta’kidlashicha, Tehron Isroilga, jumladan Iroq hududi orqali ham hujum qilishi, shuningdek, Isroil harbiy obektlariga «o‘tgan safargidan ham agressivroq» zarba berishi mumkin.

Eron hujumda nafaqat Islom inqilobi muhofizlari korpusini, balki muntazam armiya askarlarini ham qo‘llash niyatida, biroq gap hududda qo‘shinlarni to‘liq joylashtirish haqida emas, balki IIMKni qo‘llab-quvvatlash haqida bormoqda, deya aniqlik kiritmoqda WSJ suhbatdoshlari. «Bizning harbiylarimiz odamlarni yo‘qotdi, shuning uchun ular javob berishlari kerak», deb tushuntirdi Eron manbasi. Eron rasmiylariga ko‘ra, oktyabr oyi oxirida isroilliklarning hujumi oqibatida to‘rt eronlik askar halok bo‘lgan.

Germaniya kansleri Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «vaziyatni keskinlashtirmaslikka» chaqirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Eronni Isroil zarbalaridan so‘ng «qarama-qarshilikni kuchaytirmaslikka» chaqirdi. X platformasida chop etilgan bayonotda, Shols Isroil hukumati yaqinda amalga oshirilgan raketa hujumidan so‘ng ularni Eron harbiy obektlariga qarshi javob zarbalari haqida xabardor qilganini ta’kidladi.

Shols tinch aholiga yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun chora ko‘rilganini, bu esa vaziyat yanada keskinlashishining oldini olishga yordam berishini ta’kidladi. «Mening Eronga xabarim aniq: taranglik davom eta olmaydi. Bu tugashi kerak. Shundagina Yaqin Sharqda tinch rivojlanish imkoniyati paydo bo‘ladi», — deydi u.

Shols, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodagi asirlarni ozod qilish zarurligini ta’kidlab, barcha tomonlarni bunga chaqirdi. Livan masalasida u «BMT 1701-rezolyutsiyasi barcha tomonlar uchun yo‘l-yo‘riq bo‘lib qolmoqda», deb qo‘shimcha qildi. «Biz «Hizbulloh» Litani daryosi ortiga chekinib, tinch rivojlanishga imkon berishini kutamiz», — dedi u.

Mavzuga oid