Jamiyat | 16:12
1195
2 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda “dom” qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi

Yangiyo‘l shahrida 48 xonadonli turar joy binosi qurilishi bino texnik tekshiruvdan qayta o‘tkazilgunga qadar to‘xtatib qo‘yildi. Bunga binoda g‘isht mustahkam terilmagani sabab bo‘lgan.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrining Kamolot ko‘chasida qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yangiyo‘l shahrining Turkiston mahallasi hududida 8 qavatli, 48 xonadonga mo‘ljallangan binoning qurilish-montaj ishlari qurilish talablariga zid ravishda bajarilgan. Jumladan, binoning ora ajratma devorlarida g‘isht terish ishlarida loyihada belgilangan ko‘rsatkichlarga amal qilinmagan. G‘isht terish jarayonlarida SG qurilish setkalaridan foydalanilmagan. Bu esa obektda texnik va ichki nazorat ishlamaganini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, mazkur obektdagi qurilish ishlari buyurtmachi “Saidazim ota” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga yozma ko‘rsatmalar berilib, ma’muriy jarimalar tayinlangan. Ayni paytda bino texnik tekshiruvdan qayta o‘tkazilgunga qadar qurilish ishlari to‘xtatilgan.

Mavzuga oid