Yevroparlament Mayya Sanduning RF ustidan g‘alabasi haqida ma’lum qildi
Yevrokomissiya, Yevroparlament, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari Mayya Sanduni Moldova prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu «eng qiyin raqib — Rossiya Federatsiyasi va Moldovada saylovchilarni manipulyatsiya qilish, dezinformatsiya va sotib olish uchun safarbar qilgan misli ko‘rilmagan resurslar ustidan g‘alaba qozondi». Bu haqda 4 noyabr, dushanba kuni Yevroparlamentning Moldova bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Zigfrid Muresan ma’lum qildi.
«Saylov natijalari Moldova Respublikasi xalqining ham g‘alabasi bo‘lib, u Yevropa kelajagiga intilayotganini yana bir bor namoyish etdi», deb ta’kidladi ruminiyalik deputat. Ruminiyalik deputatga ko‘ra, Sanduning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi, shuningdek, Moldovaning Yevropa integratsiyasi bo‘yicha referendumning ijobiy natijasi bu mamlakatni yanada kuchli davlatga aylantiradi.
Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Sandu g‘alaba qozondi
Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida raqibi, mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandru Stoyanoglo ustidan g‘alaba qozondi. Bu ovozlarning 98 foizdan ortig‘ini sanab chiqqan Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.
Sandu 54,94 foiz ovoz olgan, muxolifatdagi rossiyaparast Sotsialistlar partiyasi vakili Stoyanoglo esa 45,06 foiz ovoz olgan. Bir muncha vaqt oldin Stoyanoglo yetakchilik qilgan, biroq Sandu partiyasi chet elda yashovchi saylovchilarning ovozlari hisoblab chiqilgandan keyin tendensiya o‘zgarishi mumkinligi haqida «biroz optimizm» bildirdi, deb ta’kidladi AFP.
«Moldova, bugun sizlar g‘alaba qozondingiz, biz birgalikda birligimiz, demokratiyamiz va munosib kelajakka sodiqligimizni namoyish qildik», deb yozdi Sandu X ijtimoiy tarmog‘ida.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida deyarli 1,7 million kishi, ya’ni saylovchilarning 54 foizdan ortig‘i ovoz berdi.
Sandu birinchi turda g‘alaba qozondi, ammo u to‘g‘ridan to‘g‘ri g‘alaba qozonish uchun mutlaq ko‘pchilik ovozlarni ololmadi. Moldovadagi prezidentlik saylovlari mamlakatning kelajakdagi tashqi siyosati yevropaparast yoki rossiyaparast bo‘lishini belgilab beradi, deb ta’kidlaydi AFP.
Mavzuga oid
08:50 / 04.11.2024
Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Sandu g‘alaba qozondi
09:10 / 21.10.2024
Sandu Moldovada prezident saylovlarining birinchi turida g‘alaba qozondi
15:10 / 17.10.2024
Moldova prezidenti: Mamlakat taqdirini moldovanlar hal qilishi kerak
00:02 / 27.08.2024