Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
Referendum ishtirokchilarining aksariyati mamlakat qonunchilik organining 30 nafar a’zosini saylash tartibini amir foydasiga bekor qilishni qo‘llab-quvvatladi.
Qatar aholisi amirga parlament funksiyalariga ega Maslahat kengashi — Majlis ash-Sho‘roning barcha deputatlarini mustaqil ravishda tayinlash huquqini qaytarish uchun ovoz berdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, referendum ishtirokchilarining 90 foizdan ortig‘i konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirish kiritilishini yoqlagan.
Idoraning qayd etishicha, referendumda amirlikning ovoz berish huquqiga ega aholisining 84 foizi ishtirok etgan. Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Majlis ash-Sho‘roning 45 nafar deputatining barchasi amir tomonidan tayinlanadi.
2021 yili Qatarda mamlakat tarixidagi birinchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tgandi. Saylovchilar 233 nomzoddan parlamentning uchdan bir qismini, ya’ni 30 deputatni saylagan edi.
Qatarda tarixan qonunchilik hokimiyati amir tomonidan amalga oshirilgan. 1972 yilda Maslahat kengashi — Majlis ash-Sho‘ro ta’sis etilgan. Uning 35 a’zosi amir tomonidan 4 yilga tayinlangan. Mamlakatning 2005 yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, Majlis ash-Sho‘ro parlament saylovlaridan keyin 45 deputatdan tashkil topgan bir palatali parlamentga aylanishi kerak. Unda 30 deputat ovoz berish yo‘li bilan saylanadi, qolgan 15 deputat amir tomonidan 4 yilga tayinlanadi.
Mamlakatda birinchi parlament saylovlari 2013 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan, biroq Qatarning sobiq amiri shayx Hamad bin Halifa Ol Soniy o‘sha yil iyunda, taxtdan o‘z o‘g‘li foydasiga voz kechishdan oldin Maslahat kengashi vakolatlarini noma’lum muddatga uzaytiruvchi farmonni qabul qilgani sababli o‘tkazilmagan.
Mavzuga oid
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
19:06 / 29.10.2024
Gurjistonda ommaviy norozilik ortidan saylovdagi ovozlar qayta sanaladi
11:10 / 28.10.2024