Sport | 11:13 / 10.11.2024
9737
17 daqiqa o‘qiladi

«Siti» inqirozda, «Liverpul» oldinlab ketdi. Kun o‘yinlari

Shanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Angliya: Salohni to‘xtatib bo‘lmayapti

«Brayton» – «Manchester Siti» 2:1
Gollar:
0:1 – 23 Holand, 1:1 – 78 Joao Pedro, 2:1 – 83 O`Rayli.
«Brayton» – Verbryuggen, Estupinyan, Igor Julio, van Hekke, Veltman, Mitoma (Moder, 90), Ayyari (Baleba, 46), Hinshelvud (O`Rayli, 57), Adengra (Joao Pedro, 66), Uelbek, Ryutter (Gruda, 66).
«Manchester Siti» – Ederson, Lyuis, Gvardiol, Simpson-Pyuzi, Uoker, Kovachich, Mateush Nunesh, Gundo‘g‘an (Bernardu Silva, 72), Foden, Savio (de Bryuyne, 74), Holand.
Ogohlantirishlar: Ayyari (19), Lyuis (37), Igor Julio (44), Simpson-Pyuzi (77), van Hekke (90+10), Holand (90+10).

«Manchester Siti» ancha vaqtdan beri ilk bor ketma-ket uch o‘yinda yutqazgandi: «Tottenhem»ga yutqazib (1:2) Liga kubogidan chiqib ketdi, Bornmutga safardan keyin (1:2) APLdagi peshqadamlikni boy berdi va Chempionlar ligasida «Sporting» tomonidan sharmanda qilindi (1:4). Ammo Braytondagi o‘yinning 45 daqiqasidan keyin barchasi Xosepa Gvardiola ssenariysi bo‘yicha ketayotgandi, Holand barcha punktlar bo‘yicha birinchi bo‘lim qiroliga aylandi. Birinchidan, Fodenning pasidan keyin himoyachilardan qochib ketib, Angliya chempionatida 75-golini urdi (rekord darajada 77 o‘yinda). Ikkinchidan, jarima maydoni ichida «chaykalar»ning barcha futbolchilaridan ko‘ra ko‘proq to‘p bilan muomila qildi (5:4), ko‘proq zarba berdi (6:3) faqat uning zarbalari darvoza sohasiga to‘g‘ri bordi (3:0).

Ikkinchi bo‘limda esa barchasi o‘zgardi. Ederson darvozasi qarshisida xavfli vaziyatlar ko‘paya boshladi. Braziliyalik posbon Hinshelvudga gol urishga imkon bermadi, u bir necha metrdan turib bosh bilan zarba bergandi. Keyin esa Mitomaning oyoqlari ostidagi to‘pni olib qo‘ydi, ammo vatandoshi Joao Pedroga qarshi hech narsa qila olmadi. Sentyabr oyi oxiridan buyon jarohat tufayli o‘ynay olmagan forvard bu mavsumda grandlar bo‘yicha mutaxassisga aylangan. U «MYu» bilan o‘yinga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada g‘alaba golini urgandi (2:1), keyin esa «Arsenal» bilan safardagi o‘yinda durangni ta’minladi (1:1), endi esa (dastlabki qulay imkoniyatini yo‘qqa chiqarganidan keyin) gol va «Seltik» sobiq futbolchisi O'Rayliga golli uzatmasi bilan chempionni mag‘lubiyatga hukm qildi. O‘tgan yil yozida uning uchun «Uotford»ga qariyb 30 million yevro to‘langandi, ammo futbolchi ko‘p jarohat olib ishonchni oqlay olmayotgandi, shanba kungi o‘yinda esa u o‘ziga to‘langan pullarni oqladi.

Qatorasiga to‘rt mag‘lubiyat — «Siti»ning Gvardiola boshqaruvi davridagi eng yomon seriyasi. «Shaharliklar»da bunaqasi oxirgi bor 16 yil muqaddam qayd etilgandi, Pepda esa bunday seriya 2015 yilda «Bavariya»dagi oxirgi mavsumida kuzatilgan. Bundan tashqari, Holandning sehri ish bermay qo‘ydi. Bungacha norvegiyalik hujumchi gol urgan o‘yinlarda ochko olingan (+54=7). Bu safar — ilk mag‘lubiyat va bu raqobatilarga imkon beradi.

E’tiborli jihati, ko‘plab statistika resurslari Gvardiola bundan oldin ketma-ket to‘rt bor yutqazmaganini yozishdi. Hatto Pepning o‘zi ham alam bilan barcha narsa qachondir birinchi bor sodir bo‘lishi haqida hazil qildi. Ammo ayrimlar «Bavariya» bilan ham shunday seriya bo‘lganini eslatishdi. Bunda chalg‘ituvchi omil shundaki, myunxenliklardagi noxush oraliq penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyatni ham o‘z ichiga oladi, odatda bunday o‘yinlar durang hisobda yakunlangan deb hisoblanadi.

«Liverpul» – «Aston Villa» 2:0
Gollar:
1:0 – 20 Nunes, 2:0 – 84 Saloh.
«Liverpul» – Kelleher, Roberson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Bredli, 25), Mak Allister (Endo, 87), Gravenberh, Jons (Soboslai, 65), Dias, Saloh, Nunes (Gakpo, 65).
«Aston Villa» – Martines, Din (Matsen, 74), Pau Torres, Diyego Karlos, Konsa, Tilemans, Onana (Kamara, 74), Remzi (Makginn, 45+2), Beyli (Filodjin-Baydeys, 65), Rodjyers, Uotkins (Duran, 65).
Ogohlantirishlar: Rodjyers (34), Tilemans (45+3), Kamara (76).

«Liverpul» esa «Siti»ning sovg‘asidan foydalanib, «Aston Villa»ni «Enfild»da qatorasiga to‘rtinchi bor mag‘lub etdi. Birinchi gol birminghemliklarning burchak zarbasidan keyin boshlangan hujumda urildi, bunda arbitr Beyliga qizil kartochka ko‘rsatishga shoshilmay, epizodni oxirigacha o‘ynab qo‘yishga imkon berdi. U yakkama-yakka vaziyatga chiqib bora    tgan Salohni yiqitdi, ammo to‘p Nunesga borib tushdi va forvard o‘z goli bilan amalda qizil kartochkani bekor qildi. Urugvaylik hujumchi esa keyingi hujumlardan birida o‘ta qulay pozitsiyadan xato zarba yo‘llab, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltira olmadiyu Shundan keyin birinchi bo‘lim oxirida Kelleher ikki bor «ikkinchi qavat»dagi hujumlar vaqtida qahramonlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi. Natijada o‘yin taqdiri faqat oxirgi daqiqalarda hal bo‘ldi. Bu safar Salohga hech kim yeta olmadi, u to‘p uzatish uchun bir necha manzilga ega bo‘lganiga qaramay, darvozabonni yaqin burchakka yo‘llagan zarbasi bilan dog‘da qoldirdi. Misrlik hujumchi top-5 ligalarda gollar soni bo‘yicha ham, golli uzatmalar soni bo‘yicha o‘nlikka birinchi bo‘lib yetgan (10+10) futbolchiga aylandi, u qatorasiga to‘rtinchi mavsumda shunday sermahsullik namoyish etmoqda, Arne Slot jamoasi esa «Man Siti»dan besh ochkoga o‘zib ketdi.

Italiya: «Milan» — chayqalmoqda

«Kalyari» – «Milan» 3:3
Gollar:
1:0 – 2 Dzortea, 1:1 – 15 Rafael Leau, 1:2 – 40 Rafael Leau, 2:2 – 53 Dzappa, 2:3 – 69 Abraham, 3:3 – 89 Dzappa.
«Kalyari» – Sherri, Audjyello, Luperto, Palomino (Veteska, 74), Dzappa, Deyola, Makumbu (Marin, 79), Dzortea (Lapadula, 79), Viola (Gaetano, 73), Luvumbu, Pikkoli (Pavoletti, 79).
«Milan» – Menyan, Teo, Pavlovich, Tiav, Emerson (Tomori, 81), Reynders, Fofana, Pulishich (Musa, 82), Rafael Leau (Okafor, 82), Chukvueze (Loftus-Chik, 65), Kamarda (Abraham, 66).
Ogohlantirishlar: Fofana (61), Teo (90+1).

«Milan» bu mavsumda beqarorlik namoyish etmoqda. Bir hafta ichida Paulu Fonsekav jamoasi avvaliga «Napoli»ga ilojsiz holatda yutqazdi (0:2), «Monsa» bilan qiyin o‘yin o‘tkazdi (1:0), keyin esa «Santyago Bernabeu»da haqiqiy konsert qo‘ydi va «Real»ni nokautga uchratdi (3:1). Sardiniyadagi o‘yin debyutida tezkor gol o‘tkazib yuborildi, keyin esa — Reynders shedevr pas berdi va to‘pni himoyachilar ortiga tashlab berdi, nihoyat boshlang‘ich tarkibga qaytgan Rafaela Leau hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim oxirida Menyan murakkab zarbani qaytardi, bir daqiqa o‘tib Fofana ham ajoyib pas bilan Leauni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va u A Seriyadagi 50-golini urdi.

Ammo «Milan» shu kuni portugaliyalik hujumchi kabi yuqori formada edi. Ikkinchi bo‘lim boshida hisob 2:2 ko‘rinishiga kelishi — o‘yin mantig‘iga to‘la mos edi. Rossonerilarda esa o‘yinchi almashtirishlar ish berdi. Pulishichning zarbasini darvozabon to‘sdi, ammo to‘p Abrahamning oyoqlari ostiga kelib tushdi. Faqat bu gol mehmonlarga hech narsani kafolatlamasdi va yakunda Dzappa havodagi to‘pni to‘sin ortidan yo‘llab, o‘yin qahramoniga aylandi.

«Yuventus» – «Torino» 2:0
Gollar:
1:0 – 18 Vea, 2:0 – 84 Yildiz.
«Yuventus» – Perin, Kambyazo, Kalulu, Gatti, Savona (Danilo, 87), Tyuram, Lokatelli, Kopmeyners, Vea, Yildiz (Makkenni, 86), Vlahovich (Fransishku Konseysau, 73).
«Torino» – Milinkovich-Savich, Mazina, Koko, Valyukevich (Voyvoda, 64), Lazaro (Karamo, 82), Pedersen (Sosa, 75), Ilich (Gineytis, 46), Richchi (Ndji, 64), Linetti, Sanabriya, Vlashich.
Ogohlantirishlar: Lazaro (57), Valyukevich (59), Koko (80), Kopmeyners (90+1).

Mavsum startida «Torino» sensatsin ravishda peshqadam bo‘lib olgandi, ammo Turin derbisigacha Paolo Vanoli shogirdlari o‘zi uchun odatiy bo‘lgan o‘n birinchi o‘ringacha tushib ketishdi. O‘yin kutilganidek boshlandi, birinchi gol — Kambiyazoning xizmati bilan urildi. Byankonerilar laterali maydon markazida to‘pni egallab olib, uni jarima maydoniga qadar olib bordi va uning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegdi, qaytgan to‘pga esa Vea yetib keldi. Ushbu amerikalik so‘nggi to‘rt turda to‘rt golli harakat sodir etdi (3+1), bu A seriyadagi oldingi 34 o‘yinidagidan yaxshiroq.

Ikkinchi golli kombinatsiya esa o‘yin bezagiga aylandi. Unda barchasi chiroyli edi — o‘yindan oldin oktyabr yakunlariga ko‘ra «Yuve»ning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan Fransishku Konseysauning uzatmasi ham, Kenan Yildizning yiqila turib olis burchak tomon zarbasi ham. Turkiyalik 19 yoshu 189 kunligida Turin derbilarida gol urgan eng yosh uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha undan yoshroq gol mualliflari — 1934 yilgi jahon chempioni Feliche Borel (1932 yil) va Bruno Nikole (1958 yilda) bo‘lgandi. Hozirgi «Yuve» esa hozircha uchinchi o‘ringa ko‘tarildi va yakshanba kuni «Atalanta», «Fiorentina» hamda «Latsio» qanday javob qilishini kutadi.

Germaniya: Endi «Bayyer» oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazmoqda

«Sankt-Pauli» – «Bavariya» 0:1
Gol:
0:1 – 22 Musiala.
«Sankt-Pauli» – Vasil, Ritska, Saliakas, Mets, Val, Smit, Afolayyan (Vagner, 74), Buxalfa, Irvayn, Gilavogi, Eggeshtayn (Albers, 81).
«Bavariya» – Noyyer, Devis, Kim Min Je, Upamekano, Gerreyru (Laymer, 70), Goretska (Palinya, 82), Kimmih, Koman (Gnabri, 69), Musiala, Sane (Olise, 82), Keyn.
Ogohlantirishlar: Gilavogi (64), Saliakas (66), Kim Min Je (66), Blessin (67), Laymer (90+2).

Ichki arenalarda barchani yirik hisobdagi g‘alabalariga o‘rgatib qo‘ygan «Bavariya» Hamburgda kamtarlik qildi. Ammo Musialaning bir goli estetika nuqtayi nazaridan uch-to‘rt oddiy golga teng keladi. Raqib hududida to‘p uchun kurash olib brgan myunxenlik yarimhimoyachi 25 metr masofadan shunday trayektoriya bo‘yicha zarba berdiki, to‘p avval to‘singa, keyin darvoza to‘riga borib tushdi. Mehmonlar shu gol bilan cheklandi va gol sermahsullik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilmadi. Ammo dastlabki o‘n turdagi 26 ochko — «Bavariya» tarixidagi eng yaxshi grafik. Vensan Kompanigacha bunday ritmda 1968 yil Branko Zebets ham shunday start qilgan, 2013 yilda esa yugoslav mutaxassisning natijasini Xosep Gvardiola takrorlagandi. «Leypsig» va Menxengladbahning «Borussiya» o‘rtasida golsiz durang qayd etilgach, «Bavariya»ning ikkinchi o‘rin bilan farqi besh ochkoga yetdi.

«Bohum» – «Bayyer» 1:1
Gol:
0:1 – 18 Shik, 1:1 – 89 Miyosi.
«Bohum» – Dreves, Holtmann (Gamboa, 69), Passlak (de Vit, 78), Vittek, Medich, Ermann, Broshinski (Miyosi, 69), Sissoko, Losilla (Dashner, 69), Bero, Hofmann.
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie, Ta, Tapsoba, Virts, Hofmann (Tella, 64), Grimaldo, Frimpong (Aleish Garsiya, 87), Jaka, Andrix, Shik (Bonifase, 77).
Ogohlantirish: Shik.

Avvaliga uyda «Bavariya»dan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan, keyin Frankfurtda «Ayntraxt» tomonidan tor-mor etilgan (2:7) «Boxum» «Bayyer» bilan o‘yinda tezkor gol o‘tkazganidan keyin muxlislar navbatdagi yirik mag‘lubiyatga tayyorlana boshladi. Virs kesuvchi pasi bilan himoyachilarni dog‘da qoldirdi va Shik hujumni ajoyib yakunlab leverkuzenliklarning chempionlik mavsumini yodga solib yubordi. O‘sha shonli davrdan farqli jihati — hujumchilardagi qotillik instinkti va so‘nggi daqiqalardagi sehr qayergadir yo‘qolib qolganida. Bungacha Xabi Alonso jamoasi o‘yin taqdirini so‘nggi daqiqalarda o‘z foydasiga hal qilib kelgan bo‘lsa, endi o‘yinning oxirgi qismida gol o‘tkazib, ochko yo‘qotmoqda. Ikki tur oldin 90-daqiqada «Verder» ustidan g‘alaba boy berilgandi (2:2). Endi qo‘shimcha vaqtda Miyosi o‘tkir burchakdan gol urdi. Bu o‘yinlar oralig‘ida esa «Shtutgart» bilan golsiz durang qayd etildi, amaldagi chempion kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga saqlab qolmoqda. O‘n tur davomida «Bayyer» o‘tgan mavsumdagidan ko‘proq ochko yo‘qotdi (12 ga qarshi 13).

«Mayns» – «Borussiya» D 3:1
Gollar:
1:0 – 36 Li Je Son, 1:1 – 40, penalti Girassi, 2:1 – 45+3 Burkardt, 3:1 – 54 Nebel.
«Mayns» – Tsentner, Kor, Bell, da Koshta (Vidmer, 81), Li Je Son, Nebel (Xon Xen Sok, 85), Mvene, Amiri, Sano, Kasi, Burkardt.
«Borussiya» D – Mayyer, Ryuerson (Kabar, 74), Shlotterbek, Jan, Gross, Nmecha (Lyurs, 59), Brandt (Kempbell, 74), Zabitser, Gittens (Malen, 59), Bayyer (Yan Kouto, 59), Girassi.
Ogohlantirishlar: Shlotterbek (28), Nebel (32), Kor (45), Tsentner (86).
Chetlatish: Jan (27).

Nuri Shahin «Borussiya» hayratlanarli darajada paradoksal mavsum o‘tkazmoqda. Bir tomondan, dortmundliklarning sobiq futbolchisi mavsumni barcha turnirlar doirasidagi ketma-ket yetti uy g‘alabasi bilan boshlab, klub rekordini o‘rnatdi. Boshqa tomondan — «asalarilar» bundesliga doirasida safar uchrashuvlarida qiynalmoqda. Bremenda «Verder» bilan durang o‘ynaganidan keyin — «Shtuggart», «Union» va «Augsburg»dan mag‘lub bo‘ldi. Maynsda ham vaziyat o‘nglanmadi, birinchi bo‘lim o‘rtalarida Emre Jan qizil kartochka olishi o‘yin taqdirini hal qildi. Mezbonlarning birinchi goliga Girassi penaltidan javob qaytardi, ammo tanaffus arafasida mezbonlar sondagi ustunlikni hisobdagi ustunlikka aylantirdi, tanaffusdan keyin — oradagi farq yana bittaga oshirildi. Bunday beqarorlik bilan «Borussiya» yana yevrokuboklar zonasidan tashqarida qolishi mumkin.

Kun statistikasi

2,02 — «Real» forvardi Kilian Mbappe xG bo‘yicha shunday ko‘rsatkichni golga aylantira olmagan. La ligada bundan yomonroq ko‘rsatkich faqat «Betis» vingeri Ezzalzuli tomonidan qayd etilgan.

«Trabzonspor»ning bosniyalik yarimhimoyachisi Vishcha Turkiya superligasida 100 gol urgan 4-legionerga aylandi.

«Milan» so‘nggi ikki mavsum davomida A seriya o‘yinlarida dastlabki o‘n besh daqiqalikda 10 gol o‘tkazib yuborgan.

«Monako» liga 1 doirasidagi so‘nggi 12 ta safar uchrashuvidan o‘ntasida g‘alaba qozondi.

«Nant» hisobda oldinda borgan o‘yinlarida 12 ochko yo‘qotdi. Bu fransuz chempionatidagi eng yomon ko‘rsatkich.

«Brentford» forvardi Vissa APLda 2024 yilda o‘yindan 15 gol urdi. Kongolik hujumchi penaltidan urilgan gollar hisoblanmagan holatda faqat Holanddan (19) ortda.

Liga 1 o‘yinlarida Kleman Tyurpen 97 bor penalti belgilagan. So‘nggi 30 yillikda bu ko‘rsatkich bo‘yicha u faqat Rudi Bukedan ortda (99).

 

Mavzuga oid