O‘zbekiston | 11:49 / 12.11.2024
867
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Lyuksemburgning mamlakatdagi birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Foto: Dunyo

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Tom Rayzenni qabul qildi.

"Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Darhaqiqat, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozim. Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo ko‘lamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan.

16 oktyabr kuni Nikaragua va Ugandaning birinchi elchilari O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan edi.

Mavzuga oid