Jahon | 15:10 / 12.11.2024
9064
2 daqiqa o‘qiladi

Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi

Zarema Musayevaning advokatiga ko‘ra, chechenistonlik faollarning onasiga FSIN xodimiga «hujum» tufayli «koloniya faoliyatida tartibsizlik» aybi bilan ish ochilgan.

Foto: Privat

Chechenistonning muxolifatchi 1ADAT Telegram-kanali mualliflari Abubakar va Ibrohim Yangulboyevlarning onasi, 55 yoshli Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi. Bu «koloniya faoliyatining tartibsizligi»ga taalluqli, deya xabar berdi «Komanda protiv pytok» inson huquqlari loyihasi Telegramʼdagi kanalida 11 noyabr, dushanba kuni Musayevaning advokati Aleksandr Savinga tayanib.

«Musayeva jamiyatdan izolyatsiyani ta’minlovchi muassasalar faoliyatini tartibsizlikka solishda gumon qilinmoqda (Jinoyat kodeksining 321-moddasi 2-qismi). Ayol ushbu modda bo‘yicha besh yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin», deyiladi postda. Aytilishicha, advokat ish materiallari bilan hali tanishmagan.

Huquq himoyachilarining eslatishicha, oktyabr oyining oxirida Zarema Musayevani u jazoni o‘tayotgan Argun shahridagi manzil-koloniyaga kelgan tergovchi tergov qilgan. Abubakar va Ibrohim Yangulboyevlarning onasi go‘yoki kasalxonaga safariga har kuni hamroh bo‘lgan FSIN xodimiga hujum qilgani uchun so‘roq qilinganini aytdi. «Zarema bu ayblovlarni rad etdi va xavfsizlik xodimiga jismonan hujum qilolmasligini aytdi», — deya ta’kidlaydi «Komanda protiv pytok».

Zarema Musayeva insulinga bog‘liq 2-toifa qandli diabetdan aziyat chekadi. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, u hatto hassa yordamida ham qiyinchilik bilan harakatlanyapti. Sentyabr oyi oxirida «Komanda protiv pytok» qondagi shakar miqdori kritik darajaga ko‘tarilgani tufayli ayolning sog‘lig‘i jiddiy yomonlashgani haqida xabar berdi.

Mavzuga oid