Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
Urushda yaralangan harbiy xizmatchilar uchun to‘lovlar 30 barobargacha qisqardi. Endi yaralangan rossiyalik harbiylar jarohatiga qarab «og‘ir yoki yengil»ga tasniflanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 noyabr kuni «Ayrim toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovlar to‘lash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat bilan RF hukumatiga yaralangan, jarohat olgan yoki kontuziya bo‘lgan harbiy xizmatchilarga jarohatining og‘irlik darajasidan kelib chiqib to‘lovlar miqdorini belgilash topshirilgan.
Hukumat qarorida keltirilishicha, «og‘ir yoki yengil deb tasniflangan jarohatlar uchun, sug‘urtaga oid qaror qabul qilinib», 3 million rubl miqdorida to‘lov to‘lanadi.
Yengil jarohat olgan harbiy xizmatchilar uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori — 1 million rubl, boshqa har qanday turdagi jarohatlar uchun — 100 ming rubl etib belgilandi.
To‘lov borasidagi mazkur tartib o‘zgargunga qadar yaralangan harbiy xizmatchi jarohatining og‘irlik darajasidan qat’i nazar 3 million rubl to‘lov pulini olayotgan edi.
Telegramʼdagi Faridaily kanalining yozishicha, Putin va hukumatning to‘lovlarni to‘lash to‘g‘risidagi qarorlari 2,5 soat farq bilan e’lon qilingan — bu hukumatga «qanday jarohatlar va qancha to‘lash kerakligi haqida harbiylar bilan bo‘ladigan munozaralardan qochishga» imkon bergan.
Rossiyalik blogerlarning fikricha, hukumat «og‘ir yaralanganlarga qo‘shimcha to‘lov to‘lash o‘rniga, «yetarlicha» jarohat olmaganlar haqini tortib olishga» qaror qilgan.
Avvalroq Ukraina bilan urushda qatnashgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, o‘tgan 12 oy davomida – 2023 yil iyulidan 2024 yil iyunigacha bo‘lgan jangovar harakatlar paytida yaradorlar va halok bo‘lganlarning qarindoshlariga to‘lovlar taxminan 2,75-3 trillion rublni tashkil qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Re:Russia loyihasiga ko‘ra, bu miqdor Rossiyaning 2024 yilda kutilayotgan YaIMning 1,5 foiziga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:42 / 14.11.2024
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024