Jamiyat | 11:06
6810
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda mashina maktab o‘quvchisini urib yubordi

1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola ko‘chaning belgilanmagan qismidan o‘tayotganda uni Nexia urib yuborgan.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2024 yil 12 noyabr kuni soat 8:00 larda sodir bo‘lgan. Bandixon tumani Chinor mahallasidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lida 32 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yuborgan.

Oqibatda, tumandagi 9-maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan bola og‘ir tan jarohatlari olib tuman shifoxonasida vafot etgan.

Qayd etilishicha, bola o‘qiydigan maktabda YHXB mutasaddilari, mahalla aholisi, vafot etgan bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Mavzuga oid