Shota Rustavelli ko‘chasida Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi
YTH natijasida avtomashina haydovchisi va 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi jarohat olgan.
Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasi 50-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. Malibu rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga urildi.
YTH natijasida avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi — 2004 yilda tug‘ilgan D.S. jarohat olgan. Ularga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:33 / 29.07.2024
Malibu’da yosh bolaning umriga zomin bo‘lgan namanganlik haydovchi ochiqda qolmoqda. Yolg‘iz o‘g‘lidan ayrilgan ona tergovdan norozi
17:42 / 11.05.2024
Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
07:25 / 26.02.2024