O‘zbekiston | 10:48
607
2 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allik darajasi bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda

Kambag‘allik darajasi so‘nggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushdi. Bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boshlandi.

Asosiy masalaga o‘tishdan oldin prezident o‘tgan 5 yilda har tomonlama puxta o‘ylab qabul qilingan dasturlar ijrosi qanday ta’minlangani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Avvalo, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2 karra o‘sib, 100 milliard dollarlik tarixiy marradan oshdi. Aholi jon boshiga daromad 3 ming dollarga yetishi kutilmoqda (2018 yilda – 1 ming 600 dollar bo‘lgan).

Xususan, Jahon banki 2024 yilda O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan 3 ta davlat qatoridan joy olganini e’tirof etdi.

Kambag‘allik darajasi so‘nggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tushdi. Bu yil 9 foizga tushishi kutilmoqda.

Eksport qariyb 2 barobar o‘sib, ilk bor 25 milliard dollardan, oltin-valuta zaxiralarimiz esa 40 milliard dollardan oshdi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 6 karra ko‘payib, buning hisobiga 1,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratildi. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalar ulushi 30 foiz darajasida ta’minlandi.

Mavzuga oid